Eng ko‘p quyosh panelini o‘rnatgan mahallaga elektromobil va’da qilindi
Energetika vazirligi Hukumatning 121-son farmoyishi asosida aholi o‘rtasida kichik quvvatli quyosh fotoelektr tizimlaridan foydalanishni ommalashtirish maqsadida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan hamkorlikda «Quyoshli mahalla» maxsus tanlovini e’lon qildi.
Tanlov joriy yil 1-iyundan 1-sentyabrga qadar respublikadagi mahalla fuqarolari yig‘inlari miqyosida o‘tkaziladi hamda 14 ta hududning har biri bo‘yicha tanlovda qatnashuvchi nomzodlar o‘rtasida g‘oliblar aniqlanib, mukofotlanadi.
Tanlovda ishtirok etish uchun mahalla fuqarolar yig‘inidagi aholi xonadonlariga o‘rnatilgan quyosh panellarining jami quvvati 150 kVtdan kam bo‘lmasligi va mahalla fuqarolari yig‘inlaridagi xonadonlarga quyosh panellari tanlov e’lon qilingan kundan boshlab, tuman(shahar) hokimligiga taqdim etish kuniga qadar davrda o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.
Tanlovda ishtirok etish ixtiyoriy bo‘lib, g‘oliblar quyidagi mezonga ko‘ra:
bosh sovrin – quvvati 300 kVtdan;
1-o‘rin – quvvati 250 kVtdan;
2-o‘rin – quvvati 200 kVtdan;
3-o‘rin – quvvati 150 kVtdan kam bo‘lmagan quyosh panellarini birinchilardan bo‘lib o‘rnatgan hamda hududiy elektr tarmog‘iga ulanib ishlab turgan mahalla (qishloq, ovul) fuqarolari yig‘inlari orasidan aniqlanadi.
Tanlovda respublika bo‘yicha bosh sovrin – elektromobil.
14 hududning har birida esa:
- birinchi o‘rin uchun – belgilangan mezonga muvofiq BHMning 400 barobari miqdorigacha bo‘lgan qiymatdagi 10 kVt quvvatli quyosh fotoyelektr tizimini o‘rnatib berish;
- ikkinchi o‘rin uchun – belgilangan mezonga muvofiq BHMning 200 barobari miqdorigacha bo‘lgan qiymatdagi 5 kVt quvvatli quyosh fotoyelektr tizimini o‘rnatib berish;
- uchinchi o‘rin uchun – belgilangan mezonga muvofiq BHMning 100 barobari miqdorigacha bo‘lgan qiymatdagi 3 kVt quvvatli quyosh fotoyelektr tizimini o‘rnatib berish.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter