Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Falastin xalqi BMT rezolyusiyalari bilan tasdiqlangan huquqqa ega – Mirziyoyev

Falastin xalqi BMT rezolyusiyalari bilan tasdiqlangan huquqqa ega – Mirziyoyev

Bugun, 9-noyabr kuni Xalqaro kongress markazida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining Toshkent sammiti o‘z ishini boshladi.

Sammitni Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqi bilan ochib berdi.

O‘zbekiston rahbari o‘z nutqida, jumladan, hozirgi kunda Yaqin Sharq mintaqasida kuzatilayotgan notinchliklarga yana bir bor to‘xtaldi. Ushbu mojaroning «global tinchlik va xavfsizlikka jiddiy tahdid solayotgan»i ta’kidlandi.

«Global tinchlik va xavfsizlikka jiddiy tahdid solayotgan Yaqin Sharqdagi Falastin-Isroil urushi barchamizda katta tashvish uyg‘otmoqda. Ming afsuski, bu qonli nizo oqibatida avvalo, tinch aholi vakillari, ayniqsa, ayollar, bolalar va keksalar ko‘plab qurbon bo‘lmoqda. Urushning mintaqa bo‘ylab yoyilib ketish xavfi tobora real tus olmoqda.

Qarama-qarshilikning keng ko‘lamli nizoga aylanib ketishiga aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Biz tomonlarni zudlik bilan harbiy harakatlarni to‘xtatishga, tinch muzokaralarni boshlash, oqilona murosaga kelishga chaqiramiz.

Falastin xalqi Birlashgan Millatlar Tashkiloti rezolyusiyalari bilan tasdiqlangan huquqqa, ya’ni, o‘zining mustaqil davlatini barpo etish huquqiga ega, degan qat’iy pozitsiyamizni yana bir bor bildiramiz», – deydi Mirziyoyev.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev bir muddat oldin mahalliy videoselektorlarning birida ham Isroil va Falastin o‘rtasidagi mojaroga munosabat bildirgan edi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring