Farg‘onada 4 kishi «fastfud»dan zaharlandi
6-noyabr, chorshanba kuni Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida 4 kishi «fastfud»dan zaharlanib, tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli Yuqumli kasalliklar bo‘limiga yotqizilgan.
Canepidqo‘mita Farg‘ona viloyati boshqarmasi bergan ma’lumotga ko‘ra, ushbu xabarnomaga asosan sanitariya-epidemiologik surishtiruv ishlari olib borildi.
Surishtiruv davomida bemorlarning 2 nafari 5-noyabr kuni tushlik vaqtida tumanning «Yaypanbozorbosh» MFY Ibn Sino ko‘chasida faoliyat olib borayotgan «fastfud» mahsuloti tayyorlab sotish shoxobchasida xot-dog mahsulotini iste’mol qilganligi, yana 2 nafar bemor esa ushbu tumanning «Oqtepa» MFY Turkiston ko‘chasida faoliyat olib borayotgan shoxobchadan xot-dog mahsulotini iste’mol qilganligi ma’lum bo‘ldi.
Bemorlar shifoxonada shifokorlar tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, «oshqozon-ichak faoliyatining funksiyasini buzilishi» tashxisi qo‘yilgan. Bemorlarning umumiy holati qoniqarli.
«Ushbu holat Sanepidqo‘mita mutaxassislari tomonidan to‘liq nazoratga olingan. O‘rganish ishlari davom ettirilmoqda», – deyiladi Sanepidqo‘mita Axborot xizmati xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter