Farg‘onada hokimlik xodimlari qimor o‘ynayotgani aks etgan surat tarqaldi
Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tuman hokimi yordamchisi va moliya bo‘limi boshlig‘i ekani aytilgan shaxslarning xizmat xonasida qimor o‘ynayotgani aks etgan surat tarqaldi.
Uchko‘prik tumani hokimligi bergan rasmiy munosabatda hozirda mazkur holat o‘rganilayotgani aytiladi.
«Mazkur holat Uchko‘prik tumani hokimligi hamda ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan ma’lumotlarda qayd etilgan davlat tashkilotlarining viloyat boshqarmalari bilan hamkorlikda belgilangan tartibda o‘rganib chiqilmoqda», – deyiladi hokimlik munosabatida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter