Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada o‘smirlarning narkotik bilan ushlangani aytilgandi. Videoni tarqatgan shaxs jarimaga tortildi

Farg‘onada o‘smirlarning narkotik bilan ushlangani aytilgandi. Videoni tarqatgan shaxs jarimaga tortildi

Ijtimoiy tarmoqlarida 15-18 yoshdagi qiz va yigitlarning psixotrop moddalar bilan ushlanganligi haqidagi videoxabar tarqalgan edi.

Farg‘ona viloyati IIB tomonidan o‘rganib chiqilgan mazkur holat o‘z tasdig‘ini topmagan.

Qayd etilishicha, joriy yil 22-aprel kuni Oltiariq tumani Jarqo‘rg‘on MFYda yashovchi fuqaro M.U 102 raqamiga murojaat qilib, shu mahalladagi o‘ziga tegishli bo‘lgan bog‘ shiyponiga noma’lum shaxslar janjal qilib, kirib olganligini ma’lum qilgan.

Ushbu xabar tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, yuqoridagi manzilga profilaktika inspektorlari yetib borishganda u yerda shu tumanda istiqomat qiluvchi F.M., J.O. hamda voyaga yetmaganlar M.R va B.A.lar bor ekanligi aniqlanib, ularga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 45,183-moddalari bilan hujjatlar rasmiylashtirilgan va jinoyat ishlari bo‘yicha Oltiariq tumani sudiga yuborilgan.

Sud tomonidan joriy yilning 4-mayida ularning 2 nafariga yuqoridagi moddalarga asosan BHMning 3 barobari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

Shuningdek, fuqaro F.M. tuman IIBga murojaat qilib, ushbu videoni ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgan shaxsni aniqlab, qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Videotasvirlarni tarqatgan H.H. aniqlanib, unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 46-2-moddasi bilan hujjatlar rasmiylashtirilgan hamda sud tomonidan BHMning 3 barobar miqdorida jarima jazosiga tortilgan.

Yuqoridagi shaxslarning yonini ko‘zdan kechirish jarayonida psixotrop moddalar yoki sovuq qurollar aniqlanmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring