Farg‘onada YTH oqibatida 2 nafar haydovchi halok bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarida Qo‘qon shahrida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 5 kishi vafot etganligi haqidagi xabar tarqaldi. Holat yuzasidan Farg‘ona viloyati IIB ma’lumot berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, bugun 22 aprel kuni soat 08:00 larda berilgan dastlabki xabarga ko‘ra, haydovchi 1998 yilda tug‘ilgan A.T «Gentra» rusumli avtomashinani shaharning Turkiston-Po‘stindo‘z ko‘chalari kesishgan chorrahada boshqarib kelayotgan vaqtda, 1972 yilda tug‘ilgan B.X boshqaruvidagi «Mersedes-benz» rusumli avtomashina 2-darajali yo‘ldan chiqib kelishi natijasida YTH sodir bo‘lgan.
Natijada «Mersedes-benz» avtomashinasida bo‘lgan 2 nafar yo‘lovchilar og‘ir tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.
Haydovchilar A.T va B.X.lar tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter