Fuqaroga IIBdan ish va’da qilgan shaxs 2 ming dollar bilan qo‘lga tushdi
Joriy yilning 18-yanvar kuni, Farg‘ona viloyati IIB, Departamentning Bag‘dod tumani bo‘limi hamda tuman IIB tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida firibgarlik jinoyati bilan bog‘liq holat fosh qilindi.
Aniqlanishicha, arizachiga o‘zini «N» deb tanishtirgan ayol 7 ming AQSh dollari evaziga IIOga ishga olib kirib qo‘yishini aytib, oldindan 2 ming AQSh dollarini «Oltin qo‘rg‘on» MFY hududida olgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlandi.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida «N» muqaddam JKning 168 va 223-moddalari bilan 3 marotaba sudlangan N.X. ekanligi aniqlanib, pullarni o‘z ehtiyoji uchun olganligi, boshqa shaxsga berish niyati bo‘lmaganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan JKning 25,168-moddasi 1-qismi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter