Fuqarolarning ro‘yxatga qo‘yilmasdan istiqomat qilish muddati qisqartirilyapti

Senatning uchinchi yalpi majlisida «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolarini hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni yashash joyi va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida»gi Qonun ko‘rib chiqildi.
Ushbu hujjat bilan fuqarolarning yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga qo‘yilmasdan istiqomat qilish muddati 15 kundan 10 ish kunigacha qisqartirilib, fuqarolar va turar joy egalarining o‘z vaqtida yashash joyi va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish borasidagi mas’uliyati oshirilmoqda.
Shuningdek, pasport tizimi qoidalarini buzganlik uchun jarimalar huquqbuzarliklarning ijtimoiy xavflilik darajasidan kelib chiqqan holda maqbullashtirilib, ularning aniq miqdori belgilanmoqda.
Bundan tashqari, Qonun bilan 18 yoshga to‘lmagan va 60 yoshdan oshgan shaxslar pasport tizimi qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikka tortilmasligi to‘g‘risidagi yangi qoida kiritilmoqda.
Qonunning qabul qilinishi bilan aholining erkin harakatlanishiga oid konstitutsiyaviy huquqi ta’minlanadi. Qonun huquqni qo‘llash amaliyotida ortiqcha byurokratiyaning hamda korrupsion holatlarning oldini olishga xizmat qiladi.
Muhokamadan so‘ng Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter