Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Germaniya bilan avtomobil shinalarini qayta ishlash bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etiladi

Germaniya bilan avtomobil shinalarini qayta ishlash bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etiladi

O‘zbekistonning Frankfurt-Mayndagi Bosh konsulligi diplomatlari Germaniyaning «Matteco GmbH» kompaniyasi rahbari Bernd Kriyeg va «Selfus» kompaniyasi rahbari Alek Luri bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muzokaralar chog‘ida Germaniya tomoniga 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, mamlakatimizning yangilangan tashqi siyosati va iqtisodiy taraqqiyoti yo‘lida erishilgan natijalar haqida ma’lumot berildi.

Germaniya ishbilarmon doiralari vakillari O‘zbekistonda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, xususan, shinalarni yig‘ish va utilizatsiya qilish tizimini yaratishga qiziqish bildirishdi.

«Selfus» kompaniyasi rahbari Alek Luri qayta ishlangan shinalardan  quyosh panellari, pol qoplamalari, tomchilatib sug‘orish shlanglari ostiga o‘rnatish va tuproq eroziyasidan himoya qilish uchun mo‘ljallangan tizimlarning bir qismi sifatida «geogridlar» ishlab chiqarish uchun ishlatilishi mumkinligini bildirdi.

Muzokaralar natijasida tomonlar ushbu loyihani O‘zbekistonda amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring