Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Germaniya hukumati 13 ming afg‘on qochqinini mamlakatdan chiqarib yubormoqchi

Germaniya hukumati 13 ming afg‘on qochqinini mamlakatdan chiqarib yubormoqchi

Hozirda Germaniyada 450 mingga yaqin afg‘onistonlik istiqomat qiladi va ulardan 13 ming nafarida qochqin maqomi bo‘lmagani uchun mamlakatni tark etishga majbur.

«Germaniya hukumati Afg‘oniston qochqinlarni o‘z vatanlariga deportatsiya qila olmasligini, chunki bu mamlakat bilan diplomatik aloqalari yo‘qligini aytmoqda», – deyiladi Bild nashri ma’lumotida.

Nashr, shuningdek, Germaniya hali ham Afg‘onistonning Berlindagi elchixonasi orqali Kobul bilan aloqalarni davom ettirayotganini aniqlashga muvaffaq bo‘lgan.

Bundestag a’zosi va Afg‘oniston bo‘yicha ekspert Erik Kuzveyl «nazariy jihatdan Germaniya Kobul bilan muzokara olib borishi mumkin»ligini aytadi.

Bild ma’lumotiga ko‘ra, Afg‘onistonning Berlindagi elchixonasi deportatsiya uchun kerakli hujjatlarni istalgan vaqtda berishi mumkin.

«Agar Afg‘onistonning Berlindagi elchixonasi kerakli hujjatlarni bersa, u holda (deportatsiya uchun) muhim shart bajariladi», – deydi migratsiya bo‘yicha tadqiqotchi Stefan Luft.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Germaniya hukumati O‘zbekiston mas’ullari bilan mamlakatdan majburan chiqarib yuboriladigan afg‘onlar masalasida muzokara olib borayotgani haqida xabar berilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring