Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Go‘shtdan zaharlanish ko‘paygani haqida yolg‘on xabar tarqatgan «Tez yordam» xodimi ishini prokuratura o‘rganadi

Go‘shtdan zaharlanish ko‘paygani haqida yolg‘on xabar tarqatgan «Tez yordam» xodimi ishini prokuratura o‘rganadi

Ijtimoiy tarmoq orqali «Toshkentdagi 16-shahar shifoxonasiga go‘shtdan zaharlanib murojaat qilganlar ko‘payib ketdi» mazmunida xabar tarqatgan «Tez yordam» xodimi prokuraturada tergov beradigan bo‘ldi.

Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi bergan ma’lumotga ko‘ra, ovqatdan zaharlanganlik bo‘yicha Boshqarma hamda uning tuman bo‘limlariga shoshilinch xabarnoma kelib tushmagan.

Shuningdek, shifoxona va Sog‘liqni saqlash boshqarmasi bilan bog‘lanilganda, video xabarda zaharlanganlik haqida ma’lumot bergan fuqaro «Tez yordam» xodimi ekanligi va yolg‘on xabar tarqatganligi aniqlandi. Xodim yolg‘on xabar tarqatganligi tufayli prokuratura organi ushbu ishni ko‘rib chiqmoqda.

O‘z navbatida, Sog‘liqni saqlash vazirligi ham ushbu holatga munosabat bilirib, «mutlaqo asossiz va haqiqatga zid» ekanligini ma’lum qildi.

«So‘nggi kunlarda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga bir sutka davomida o‘rtacha 750 nafarga yaqin fuqaro murojaat qilib, tez tibbiy yordam brigadalari tomonidan 175 nafarga yaqin bemor olib kelingan.

Biroq ular orasida go‘shtdan zaharlanish belgilari bilan birorta holat qayd etilmagan», – deyiladi SSV munosabatida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring