Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Haj – 2025: ziyoratchilarning dastlabki guruhi Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi

Haj – 2025: ziyoratchilarning dastlabki guruhi Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi

Bugun, 13-may kuni muborak Haj safarini niyat qilgan o‘zbekistonliklarning dastlabki guruhi Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi.

Bo‘lg‘usi hojilarni kuzatish uchun O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev, shuningdek, taniqli ulamolar, imom-domlalar, mutasaddilar va OAV vakillari Toshkent xalqaro aeroportida jam bo‘lishdi.

«Muborak safar oldi Muftiy hazratlari Alloh taoloning bayti sari yo‘l olayotgan ziyoratchilar eson-omon Haj amallarini bajarib, yurtimizga sog‘-salomat qaytib kelishlarini so‘rab xayrli duolar qildilar», – deyiladi O‘MI xabarida. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring