Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

HAMAS vaziyat keskinlashsa, garovdagilarni o‘ldirish bilan tahdid qilmoqda

HAMAS vaziyat keskinlashsa, garovdagilarni o‘ldirish bilan tahdid qilmoqda

HAMAS Isroil tomonidan falastinliklarga nisbatan «har qanday tajovuzning kuchayishi» garovga olinganlarning bir qismi hayotini xavf ostiga olib kelishini ma’lum qildi.

HAMAS harakati, agar Isroil G‘azo sektorida janglarni qayta boshlasa, garovga olinganlarning bir qismini o‘ldirish bilan tahdid qilgan.

«Biz bosqinchilarning oilalari va barcha manfaatdor tomonlarni garovga olinganlar hali ham tirik ekanligidan ogohlantiramiz va xalqimizga qarshi har qanday tajovuz avj olishi, avval ham sodir bo‘lganidek, garovga olinganlardan birining o‘limiga olib kelishi mumkin», – deydi HAMAS vakili Abu Ubayda 6 mart, payshanba kungi videomurojaatida.

Isroil rasmiylariga ko‘ra, G‘azodagi harakat a’zolari 59 nafar garovdagilar (24 nafari tirik, 35 nafar isroillikning esa jasadi)ni ushlab turishda davom etmoqda. Qayd etilishicha tirik asirlar orasida Isroil va Germaniya fuqaroligiga ega yosh harbiy hamda Tailand fuqarosi ham bor.

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyi o‘rtalarida Isroil va Falastinning HAMAS harakati Misr, Qatar va AQSh vositachiligida G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish rejimini joriy etishga kelishib oldi va bu kelishuv 19-yanvardan kuchga kirdi. Kelishuvni amalga oshirishning birinchi bosqichi 1-mart kuni yakunlandi. Kelishuvning birinchi bosqichi doirasida 33 nafar isroillik garovga olingan, jumladan sakkiz kishining jasadi o‘z vatanlariga qaytarildi. Buning evaziga Isroil 1500 dan ortiq falastinlikni qamoqdan ozod qildi.

Isroil va HAMAS o‘rtasidagi sulhning birinchi bosqichi 1-mart kuni yakuniga yetdi, biroq tomonlar haligacha kelishuvni uzaytirish bo‘yicha kelishmagan. Isroil, agar Falastin harakati garovga olinganlarni ozod etishda davom etmasa, HAMASga, jumladan, jangovar harakatlarni tiklash orqali bosimni oshirishga tayyorlanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring