Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Haydovchining uxlab qolishi oqibatida yuk mashina to‘siqqa borib urildi

Haydovchining uxlab qolishi oqibatida yuk mashina to‘siqqa borib urildi

Ijtimoiy tarmoqlarda «Charchoqlik sabab haydovchi uxlab qoldi. Natijada esa..» sarlavhasi ostida video e’lon qilindi. Holat bo‘lishicha Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati rasmiy ma’lumot berdi

Ma’lum qilinishicha, holat joriy yilning 23 mart kuni soat 20:10 larda Buxoro viloyati Buxoro tumani hududidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan A-380 Buxoro Xalqa avtomobil yo‘lining 16-km. ga yetganda sodir bo‘lgan.

Bunda Turkmaniston Respublikasi Ovri shahrida yashovchi, 1992-yilda tug‘ilgan Dins Tanju ismli shaxs boshqaruvida bo‘lgan «Mersedes-Bens» rusumli (33 ANG 869) davlat raqam belgili yuk avtomashinasi harakatlanish vaqtida yo‘lni ajratib turuvchi BDO-3 beton to‘siqqa urilishi natijasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Yo‘l-transport hodisasi «Mersedes-Bens» rusumli (33 ANG 869) davlat raqam belgili yuk avtomashinasi haydovchisining uxlab qolishi natijasida yuz bergan.

Mazkur yo‘l-transport hodisasida hech kim tan jarohati olmagan, faqatgina transport vositasiga shikast yetgan.

Holat yuzasidan Buxoro tumani IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring