Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hokim yordamchilari Xitoyga boradi. Ular «kambag‘allikni tugatish»ni o‘rganishadi

Hokim yordamchilari Xitoyga boradi. Ular «kambag‘allikni tugatish»ni o‘rganishadi

O‘zbekistondagi mavjud mahallalarda faoliyat olib borayotgan 9 ming 400 nafar hokim yordamchilari «Xitoy tajribasi asosida kambag‘allikni qisqartirish» mavzusida ikki hafta mobaynida xitoylik mutaxassislardan onlayn ta’lim oladi.

Bu borada Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Xitoyning «Chongqing» xalqaro hamkorlik trening markazi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.

Mazkur loyihaning 2-bosqichi doirasida 200 nafar hokim yordamchilari shu yilning kuz oylarida  Xitoyda ikki haftalik amaliyot o‘tashi rejalashtirilyapti.

Mazkur amaliyotni o‘tash bilan bog‘liq xarajatlar «Chongqing» xalqaro hamkorlik trening markazi tomonidan qoplab berilishi ko‘zda tutilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring