Hokimliklarning «radar»laridan tushadigan pullar taqsimoti belgilanyapti
Prezidentning 2021-yil 4-apreldagi PQ–190-son qarori bilan tuman (shahar) hokimliklariga o‘z hududlaridagi avtomobil yo‘llarida yo‘l harakati qoidalari buzilishini qayd etuvchi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video dasturiy-texnik vositalarini o‘rnatish huquqi berilgan edi.
Hukumatning tegishli qarori loyiasi bilan ushbu tartibni amaliyotga joriy etishda hokimliklarga «radar» moslamalarini o‘rnatish tartibi hamda ular orqali undirildigan jarima summasining to‘liq taqsimoti belgilab berilmoqda.
Unga ko‘ra, o‘rnatilgan «radar»larning texnik ekspluatatsiyasi, elektr energiyasi iste’moli va aloqa kanallarining xarajatlari hokimliklar tomonidan mustaqil ravishda qoplanadi.
Qayd etilgan yo‘l harakati qoidabuzarliklaridan undirilgan jarima summasi taqsimoti esa quyidagi tartibda joriy etiladi:
- 30 foizi – bevosita tuman (shahar) mahalliy budjetiga, mazkur mablag‘lar yo‘l harakatini raqamlashtirish, yo‘l infratuzilmasini rivojlantirishga, yo‘l-patrul xizmati xodimlarining qo‘shimcha shtatlarini kiritishga maqsadli yo‘naltiriladi;
- 50 foizi – O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga;
- 10 foizi – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasiga;
- 5 foizi – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati DYHXX moddiy texnika bazasini rivojlantirish, xodimlarni rag‘batlantirish va mukofotlash jamg‘armasiga;
- 5 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi xizmati huzuridagi «Kiberxavfsizlik markazi» davlat unitar korxonasiga.
Hokimliklarga, shuningdek, investorlarni davlat-xususiy sheriklik asosida jalb qilish huquqi berilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter