Hududlarda «Xavflarni boshqarish» qo‘mitalari tuziladi
2025-yil 1-yanvardan moliyaviy va boshqa xavflarning oldini olish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yirik tashkilotlarda ularning birinchi rahbarlari boshchiligida kollegial asosda «Xavflarni boshqarish» qo‘mitalari tuziladi.
Bu haqda Prezidentning «Budjet mablag‘laridan foydalanish ustidan moliyaviy nazoratni kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-100-son farmonida belgilab qo‘yildi.
Shuningdek, farmon bilan 2025-yildan:
- davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari hisobidan hududlarga taqsimlangan mablag‘lar bo‘yicha ma’lumotlar tegishli xalq deputatlari Kengashlariga taqdim etiladi;
- bunda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining hududlarga Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalaridan ajratilayotgan mablag‘lar bo‘yicha so‘rovi va nazorati yo‘lga qo‘yiladi;
- har chorakda Hisob palatasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari yakunlari bo‘yicha taqdim etilgan axborotlar Hukumatning majlislarida muhokama qilib boriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter