«Humo arena» oldidagi tartibsizliklar yuzasidan izoh berildi
Kecha, 25-noyabr kuni Toshkentdagi «Humo arena» saroyida «Jah Khalib»ning konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu konsertga tashrif buyurgan fuqarolar «Humo arena» saroyiga kirish joylarida katta tirbandlik hosil qilgan va tartibsizlik holatlari yuz bergan.
Milliy gvardiya axborot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, shu yerda xizmat olib borayotgan xodimlari tomonidan jamoat tartibini buzganlikda gumonlangan fuqarolar voqea joyidan xavfsiz hududga olib chiqilgan va yuz berishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarning oldi olingan.
«Tartibuzarlikka doir holat yuzasidan surishtiruv va o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Barcha fuqarolar voqea joyidan tarqatilgan. Tan jarohati olganlar yo‘q», – deyiladi Milliy gvardiya xabarida.
Ayrim manbalar tartibsizliklarning konsert uchun sotilgan soxta chiptalar oqibatida kelib chiqqani haqida yozishmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter