Ikki hududda «prava» olib bermoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy shahar bo‘limi tomonidan IIB bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar H.Q., D.A. fuqaro N.ga tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasi olib berish evaziga, 300 ming so‘mni D.A.ning plastik kartasiga o‘tkazib, 400 AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Shu kabi, Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro R.M. fuqaro M.ga tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 300 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter