Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ikkita nomdagi dori vositasining qalbakilashtirilganligi aniqlandi

Ikkita nomdagi dori vositasining qalbakilashtirilganligi aniqlandi

O‘tgan haftada huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan Toshkent shahri hamda Toshkent, Namangan, Andijon, Xorazm hamda Samarqand viloyatlarida sifati kafolatlanmagan dori vositalari va tibbiy buyumlarning noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbilar o‘tkazilgan.

Tadbirlarda olingan farmatsevtika mahsulotlari esa Markaz laboratoriyalarida o‘rnatilgan tartibda ekspertizadan o‘tkazildi.

SSV huzuridagi «Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi» davlat muassasasining Postmarketing nazorati boshqarmasining xabar berishicha, tahlil natijalariga ko‘ra, 288 nomdagi 4 510 o‘ram farmatsevtika mahsulotlarini tibbiyot amaliyotida qo‘llash mumkin emasligi aniqlandi.

Jumladan:

  • 113 nomdagi 1850 o‘ram — davlat ro‘yxatidan o‘tgan va muvofiqlik sertifikati mavjud bo‘lgan;
  • 150 nomdagi 2040 o‘ram — davlat ro‘yxatidan o‘tmagan va muvofiqlik sertifikati mavjud bo‘lmagan;
  • 23 nomdagi 480 o‘ram — yaroqlilik muddati tugagan, sifatsiz;
  • 2 nomdagi 140 o‘ram (Neufol-S 100 mg/5 ml ampula, Zardeks 300 mg kapsula) qalbakilashtirilgan farmatsevtika mahsulotlarini tibbiyot amaliyotida qo‘llash mumkinmasligi bo‘yicha xulosa berilgan.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring