Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ilg‘or xorijiy tajribalar asosida 1-4-sinf darsliklari yangidan tayyorlandi

Ilg‘or xorijiy tajribalar asosida 1-4-sinf darsliklari yangidan tayyorlandi

Joriy yilning 14-17 avgust kunlari Toshkent shahrida «Boshlang‘ich sinflarda o‘qitishning zamonaviy metodikasi» mavzusida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun malaka oshirish kursi tashkil etilmoqda.

Malaka oshirish kursida respublikaning barcha hududlaridan tashrif buyurgan 300 dan ortiq ilg‘or pedagoglar va metodistlar hududiy trenerlar sifatida ta’lim olishmoqda. Aynan ular joylarda o‘qituvchilarni zamonaviy usullar bo‘yicha kaskad usulida tayyorlashlari kerak bo‘ladi.

To‘rt kunlik kurs davomida darslik mualliflari va ilg‘or amaliyotchi o‘qituvchilar tomonidan hududiy trenerlarga boshlang‘ich sinflarda fanlarni o‘qitish metodikasi, o‘quvchilar natijalarini baholash, bunda fanlararo integratsiyani ta’minlash kabi mavzularda mashg‘ulotlar tashkil etiladi.

Ta’kidlash joizki, yangi darsliklar ta’lim oluvchilarda 21 asr ko‘nikmalarini shakllantirishda «4K» modelini (kritik fikrlash, kreativlik, kollaboratsiya, kommunikatsiya) qo‘llash orqali o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash, ijodiy yondashuv, jamoada ishlash va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.

Ushbu kurs Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti hamkorligida tashkil etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring