Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Investor va tadbirkorlarga ko‘maklashiuvchi markaz tashkil qilinadi

Investor va tadbirkorlarga ko‘maklashiuvchi markaz tashkil qilinadi

Hukumatning 2022-yil 15-oktyabrdagi «Respublika hududlarida innovatsion va investitsiya faoliyatini jadallashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bilan investor va tadbirkorlarga ko‘maklashiuvchi markaz tashkil qilinadi.

Qayd etilishicha, «Investorlarga ko‘mak markazi» Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzurida tashkil etiladi va u innovatsion yondashuv asosida barcha darajadagi masalalarni hal qilish vakolatiga ega bo‘lib, investorlar va tadbirkorlarga «Yagona darcha» tamoyili asosida ko‘maklashib boradi.

Investitsiya loyihalari markazi tuzilmasida ham Ilg‘or loyihalar va injiniring markazi tashkil etiladi.

Shuningdek, Nukus, Buxoro, Jizzax va Namangan shaharlarida Toshkent shahrida barpo etilgan «Inno» texnoparki shaklidagi texnoparklarni 2023-2026-yillarda bosqichma-bosqich barpo etish belgilangan.

Qarorga muvofiq, texnoparklarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • texnoparkda iqtidorli yoshlar, talabalar, ilmiy xodimlar, professor-o‘qituvchilarni innovatsion faoliyatga jalb etish;
  • texnoparkda biznes-inkubatorlar, tajriba maydonchalari tashkil qilish;
  • tashabbuskor yoshlarning startap loyihalarini rivojlantirish hamda ularni joriy etish va moliyalashtirish;
  • yetakchi xorijiy kompaniyalar vakillari, ekspertlar ishtirokida treninglar va mahorat darslari o‘tkazish. 
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring