Iqtisodiyot va moliya vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi
Prezidentning joriy yil 7 avgustdagi tegishli qarori bilan iqtisodiyot va moliya vazirligida ayrim rahbar xodimlar lavozimga tayinlandi va ayrimlari lavozimidan ozod etildi.
Jumladan:
- Ilhom Ibroximovich Norqulov vazirning birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi, shu munosabat bilan vazir o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi;
- Ahadbek Yahyobekovich Haydarov vazir o‘rinbosari etib tayinlandi, shu munosabat bilan qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi;
- Abdulaziz Abdulahadovich Haydarov vazir o‘rinbosari etib tayinlandi, u bunga qadar budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi direktori edi;
- Otabek Rustamovich Fozilkarimov vazir o‘rinbosari etib tayinlandi, shu munosabat bilan sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi;
- Bobur Botirovich Xodjayev vazir o‘rinbosari etib tayinlandi, shu munosabat bilan Prezident Administratsiyasining bank-moliya, soliq sohalarini rivojlantirish va “xufyona iqtisodiyot”ni qisqartirish sho‘’basi mudiri lavozimidan ozod etildi;
- Jasur Hazratqulovich Qarshiboyev vazir o‘rinbosari etib tayinlandi;
- Murodbek Bekberganovich Atadjanov vazirlik huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi raisi etib tayinlandi.
Shuningdek, iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosarlari Erkin Erkamovich Rustamov hamda Dilshod Shuhratovich Sultanov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan, lavozimidan ozod etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter