Isroil garovdagilar evaziga 800 nafar falastinlikni ozod qilmoqchi
Mahalliy telekanallarning namoyish qilishicha, Isroil garovga olinganlarni ozod qilishni o‘z ichiga olgan 3 bosqichli sulh shartnomasini HAMASga taqdim qilgan.
«Isroil ayrim masalalarda muzokara yo‘lini tanlagan», – deydi Channel 12.
Telekanal, shuningdek, ismini oshkor qilmagan manbasiga tayanib, Isroilning HAMAS yetakchisi Yahyo Sinvardan yaqin uch kun ichida ushbu masaladagi qarorini kutayotganini va bunga ijobiy javob ehtimoli «50 ga 50» ekanini ma’lum qildi.
Boshqa ayrim manbalar esa Isroilning 40 fuqaro evaziga 700 nafar falastinlikni ozod qilishga tayyorligi haqida xabar tarqatmoqda.
Televideniya xabarida qo‘shimcha qilinishicha, Isroil urushda majburiy evakuatsiya qilingan aholini G‘azo shimoliga qaytarish borasida ham muzokaralarga tayyor. Ammo bunda ma’lum shartlar bo‘lishi, misol uchun erkaklarga qaytish uchun ruxsat berilmasligi mumkin.
Asosiysi HAMASga qarshi kampaniyaning qayta boshlanishi vajidan Isroil SAXALning «qizil chiziq»da qolishini va G‘azodan butunlay chiqib ketmaslikni reja qilgan.
HAMAS esa garovdagilar Isroil tomonining urushni tugatishi haqidagi qaroridan so‘ng ozod qilinishini ta’kidlamoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter