Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Issiqxonalarga tabiiy gaz berilmayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi

Issiqxonalarga tabiiy gaz berilmayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi

Energetika vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda issiqxonalarga tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha cheklovlar o‘rnatilgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

Vazirlikka ko‘ra, Hukumatning 319-son qarori bilan tasdiqlangan Tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga asosan issiqxonalar tabiiy gaz uchun to‘lovlarni amalga oshirgan holda foydalanishlari mumkin bo‘lib, ularga tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha hech qanday cheklovlar mavjud emas.

Ya’ni, issiqxona egalari belgilangan to‘lovlarni amalga oshirib, tabiiy gazdan foydalanishlari mumkin.

Vazirlik, shuningdek, issiqxona xo‘jaliklariga hosil yilining dastlabki 3 oyida (oktyabr, noyabr va dekabr) yetkazib beriladigan tabiiy gaz uchun oldindan to‘lov 50 foiz miqdorida, qolgan qismi oy yakuniga qadar, keyingi oylardan boshlab esa har oyda 100 foiz oldindan to‘lov amalga oshirilishini eslatmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring