Italiya prezidenti qizi bilan birga Samarqandga jo‘nab ketdi
Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarella O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga tashrif buyurib, muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Bu haqda bosh vazirning matbuot kotibi Behzod Hidoyatov xabar bermoqda.
Shundan so‘ng, Prezident Serjo Mattarella farzandi Laura Mattarella hamrohligida mamlakatimizning madaniy-tarixiy merosi bilan yaqindan tanishish maqsadida Samarqand shahriga jo‘nab ketdi.
Oliy martabali mehmonlarni Toshkent xalqaro aeroportida Bosh vazir kuzatib qo‘ygan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter