Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jah Khalib konsertiga soxta chipta sotganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Jah Khalib konsertiga soxta chipta sotganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Joriy yilning 25-noyabr kuni Toshkent shahridagi «Humo Arena» majmuasida qozog‘istonlik reper Jah Khalib konsertiga kelgan fuqarolarning katta tiqilinch sodir bo‘lgan va bu ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab muzokaralarga sabab bo‘lgan edi.

O‘z navbatida, Milliy gvardiya konsertga kirishdagi tartibsizlik bo‘yicha munosabat bildirib, og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan holatlarning oldi olinganini, tiqilinchda jarohat olgan va vafot etganlar bo‘lmagani haqida ma’lum qildi. 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda ushbu konsert dasturiga kirish uchun fuqarolarga soxta bilet sotilganligi holati yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 228-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari davom etmoqda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring