Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Janubiy Koreya kompaniyasi Toshkent va boshqa shaharlarda issiqlik ta’minoti markazlarini quradi

Janubiy Koreya kompaniyasi Toshkent va boshqa shaharlarda issiqlik ta’minoti markazlarini quradi

O‘zbekiston va Janubiy Koreya Toshkent va boshqa viloyatlarda gaz iste’molini 70 foizgacha tejash imkonini beruvchi issiqlik ta’minoti markazini yaratish bo‘yicha qo‘shma loyihani amalga oshirish niyatida. Bu haqda «O‘zbekiston 24» telekanalida ma’lum qilindi. 

Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamaxmudovning ma’lum qilishicha, joriy yilning 15 iyunida bo‘lib o‘tgan ikki tomonlama biznes-forum chog‘ida tomonlar energiya tejash va energiya samaradorligini oshirish sohasida hamkorlikni kengaytirishga kelishib olgan. O‘zbekiston issiqlik va elektr energiyasini ishlab chiqarishdan tortib to yakuniy iste’molchilarga yetkazib berishgacha bo‘lgan shahar isitish tizimlaridan foydalanish bo‘yicha Koreya tajribasini qo‘llashni rejalashtirayapti.

«Ushbu yo‘nalishda Janubiy Koreyaning tegishli vazirliklari va davlat kompaniyalari bilan hamkorlikda loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini tayyorlaymiz, barcha zarur o‘rganish va hisob-kitoblarni amalga oshiramiz hamda ushbu ishlarni eng qisqa muddatlarda amalga oshirish bo‘yicha yaqin kelajakda taklif kiritamiz. Ushbu dastur 2025−2027 yillarga mo‘ljallangan. Biz nafaqat Toshkentda, balki O‘zbekistonning boshqa yirik shaharlarida ham bu borada takliflar tayyorlaymiz», – deydi Energetika vaziri.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 14-iyun kuni Shavkat Mirziyoyev va Janubiy Koreya prezidenti Yun Seok Yol «yashil» energetika sohasidagi loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha energetika vazirlari darajasidagi muloqotni qayta tiklashga kelishib olgan edilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring