Jinoyat ishlari bo‘yicha Xonobod shahar sudi raisi qo‘lga olindi

Bosh prokurorning Andijon viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Xonobod shahar sudi raisi Yu.E.ni Jinoyat kodeksining 168- va 28,211-moddalari tegishli qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortiladigan bo‘ldi.
Bu haqda Sudyalar oliy kengashining bugungi yig‘ilishida mazkur masalaga oid taqdimnoma muhokamasida qaror qabul qilingan.
Yakunda Kengash xulosasi bilan Yu.E.ni jinoiy javobgarlikka tortishga rozilik berilgan va uning sudyalik vakolati to‘xtatilgan.
«Tergov siri va aybsizlik prezumpsiyasi talablaridan kelib chiqib, boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi», – deyiladi SOK matbuot xizmati munosabatida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter