Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzax shahrini 3 ta tuman bilan bog‘lovchi teplovoz qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Jizzax shahrini 3 ta tuman bilan bog‘lovchi teplovoz qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

 

Sentyabrdan boshlab Sharof Rashidov, Paxtakor, Do‘stlik va Mirzacho‘l tumanlarini Jizzax shahri bilan bog‘lovchi «Irjar – Do‘stlik – Jizzax» yo‘nalishida teplovoz qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Prezident ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Natijada ushbu tumanlardagi 450 ming aholini shaharga qatnashida yengillik yaratiladi.

Yig‘ilishda, bundan tashqari, viloyatdagi mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, joylarda bog‘cha va maktablar qurish, Jizzax shahridagi tibbiyot muassasalari va ko‘priklarni ta’mirlash chora-tadbirlari yuzasidan mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.

Umuman, Jizzaxda mahalla infratuzilmasini yaxshilash, biznesni qo‘llab-quvvatlash, grantlar ajratish uchun qo‘shimcha 300 milliard so‘m ajratilishi belgilandi.

Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan hudud va tarmoqlar rahbarlarining hisoboti tinglandi, viloyat faollari bilan muloqot bo‘ldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring