Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzax va Surxondaryoda chang bo‘ronlari kuzatilyapti

Jizzax va Surxondaryoda chang bo‘ronlari kuzatilyapti

O‘zgidromet bugun, 31-oktyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi haqida ma’lum qilgan edi.

Gidrometeorolog E.Abdulahatovning yozishicha, kunning birinchi yarmida bu jarayon dastavval respublika janubida ro‘y berdi. Surxondaryo viloyati janubiga Turkmaniston sharqi va Afg‘oniston shimolida davomli fronold shamollar esdi (soat 10:30 da Termiz xalqaro aeroportida ko‘rinish masofasi 500 metrgacha cheklangan).

Kunning ikkinchi yarmida esa «Aydar–Arnasoy» ko‘llar tizimi ustida davomli kuchli g‘arbiy shamollar esishni boshlagan va aynan shu omil Sirdaryo, Jizzax va Toshkent viloyatiga chang massalarini tashishga sabab bo‘lmoqda.

«Jizzax va Termiz shaharlarida soat 15:00 holatiga havoda mayda RM—2.5 va RM—10 zarrachalari yillik milliy ruxsat etilgan me’yoriy qiymatlardan 21 barobarga oshib ketgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring