Jizzaxda ota aliment evaziga farzandlariga uy olib berdi
Jizzax viloyati Yangiobod tumanida ota uch nafar farzandi uchun hisoblangan aliment qarzdorligi uchun ularga uy olib berdi.
MIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning ijro varaqasiga asosan, qarzdor A.X.dan undiruvchi G.X.foydasiga uch nafar farzandi ta’minoti uchun ish haqi va boshqa daromadlarining 1/2 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan bo‘lgan.
Ushbu ijro hujjati Byuroning Yangiobod tuman bo‘limiga kelib tushgan va shu kunning o‘zida ijro ishi qo‘zg‘atilgan.
Ijro harakatlari davomida mas’uliyatni his qilgan qilgan ota o‘z farzandlarining aliment ta’minoti o‘rniga Yangiobod tumani hududidagi ko‘p qavatli uylarning biridan 4 xonali xonadonni sobiq turmush o‘rtog‘ining nomiga o‘tkazib berdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter