Jizzaxda yuk mashinasi temir yo‘l ko‘prigini shikastladi
Jizzax shahri va Zomin tumani o‘rtasida, «Jizzax – Sayxun» uchastkasining 3597-kilometrida joylashgan temir yo‘l ko‘prigiga uning ostidan o‘tayotgan «HOWO» markali yuk mashinasi tomonidan shikast yetkazilgan.
Ayni paytda vaziyatni o‘rganish va hal qilish uchun maxsus xizmatlar va mas’ul shaxslar voqea joyiga yuborilgan. Xavfsizlik va tiklash ishlari uchun esa ushbu temir yo‘l ko‘prigi bir muddat yopildi.
Hozirgi vaqtda barcha tiklash-ta’mirlash ishlari yakunlanib, poyezdlar ushbu yo‘nalishda o‘z harakatlarini tiklagan.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ barcha yo‘l harakati qatnashchilarini, ayniqsa, temir yo‘l ko‘priklari va o‘tish joylari yaqinida bunday hodisalarning oldini olish uchun qoidalar va cheklovlarga rioya qilishga chaqirmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter