Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Joriy yilda gaz bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarda 80 nafardan ortiq fuqaro vafot etgan

Joriy yilda gaz bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarda 80 nafardan ortiq fuqaro vafot etgan

Joriy yil boshidan bugungi kunga qadar Respublika bo‘yicha gaz bilan bog‘liq jami 74 ta (2023-yil 86 ta) holatlar sodir bo‘ldi.

«Hududgazta’minot» AJ boshqarma boshlig‘i Abdusattor Qayumovning ma’lum qilishicha, mazkur holatlar oqibatida 82 nafar (o‘tgan yilning mos davrida 88 ta) fuqarolar vafot etgan va 80 nafar (119 ta) fuqarolar turli darajadagi tan jarohatlarini olgan.

«Ayrim holatlarda esa dudburon nosozligi oqibatida oilaning barcha a’zolari is gazidan zaharlanib, vafot etishdi», – deydi idora rasmiysi.

A.Qayumovning ta’kidlashicha, hodisalar, fuqarolar is gazining xavfli ekanligini to‘la to‘kis his etmasliklari, targ‘ibotga ishonmasliklari natijasida, nostandart, qo‘lbola, xavfsizlik talablariga javob bermaydigan nosoz jihozlardan hamda dudburon, shamollatish tizimlarini tekshirmasdan yoki noto‘g‘ri o‘rnatilgan dudburondan foydalanganliklari natijasida sodir bo‘lmoqda.

Rasmiy, shuningdek, har bir baxtsiz hodisaga favqulodda holat deb qarab, kelgusida ularning kelib chiqishini oldini olish maqsadida, iste’molchilardan:

  • Gazdan xavfsiz foydalanish qoidalariga qat’iy rioya qilishlarini;
  • Loyihadagi gaz uskuna - jihozlarini o‘zboshimchalik bilan tushunmasdan ta’mirlamaslikni, almashtirmaslikni va boshqa joyga ko‘chirmaslikni;
  • Xavfsizlik avtomatikasi bo‘lmagan yoki nosoz bo‘lgan yondirgich va jixozlardan foydalanmaslikni;
  • Dudburonlar hamda shamollatish tizimlarining sozligini doimiy kuzatib, tekshirib borishni;
  • Gaz uskuna va jihozlari yonib turgan xonaga albatta tashqaridan havo kirishi uchun joy qoldirishlarini;
  • Gaz plitasidan xonani isitish maqsadida foydalanmaslikni va uzluksiz gaz yonib turgan xonada uxlamaslik, dam olmaslikni;
  • Xonada gaz hidi sezilganda chiroqni yoqmasdan, eshik derazalarni ochishni, jo‘mrakni yopib gaz ta’minoti korxonasiga buyurtma berishni hamda gaz chiqayotgan joyni aniqlash uchun olovdan foydalanmaslikni so‘ramoqda.

Shu bilan birga, barcha iste’molchilarga gaz uskunasi o‘rnatilgan xonaga gaz yoki is gazi to‘planganda ovozli xabar beradigan yoki gaz ta’minotini avtomatik to‘xtatadigan uskunalar (gaz signalizatorlar) o‘rnatish tavsiya etilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring