Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Kamchiq» dovonida yuk avtomobili ag‘anab, chuqurga tushib ketdi

«Kamchiq» dovonida yuk avtomobili ag‘anab, chuqurga tushib ketdi

Kecha, 24 iyul kuni soat 16:53 da A-373 «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining 242.2 km.da «Toshkent-Vodiy» yo‘nalishida harakatlangan «DAF» rusumli yuk avtomashina haydovchisi ehtiyotsizligi oqibatida yo‘l o‘rtasida qaychi usulida to‘xtab qolgan, natijada yoqilg‘isi oqib ketgan. Uning ortidan kelayotgan «CIMC» rusumli qurilish mahsuloti tashishga mo‘ljallangan avtomashina toyib ketib yo‘l chetidagi xandaqqa (kyuvet)ga tushib ketgan

Zudlik bilan hodisa joyiga FVVning «Qamchiq» dovoni qutqaruvchilari yetib borib, YPX va «Qamchiqavtoyo‘l» xodimlari bilan hamkorlikda vaziyat oqibatlarini bartaraf etmoqda.

Yo‘l transport hodisasi oqibatlarini bartaraf etish vaqtida yo‘lning bir tomoni vaqtincha yopilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring