Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Katta miqdordagi xorij valyutasining O‘zbekistondan noqonuniy olib chiqilishiga chek qo‘yildi

Katta miqdordagi xorij valyutasining O‘zbekistondan noqonuniy olib chiqilishiga chek qo‘yildi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan bojxona idoralari bilan hamkorlikda Toshkent viloyatining Toshkent tumanida joylashgan «Navoiy» chegara-bojxona postida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir jarayonida mamlakatimizdan qo‘shni davlat tomon harakatlanayotgan «Lasetti» rusumli avtomashina to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan, Toshkent tumanida yashovchi, 1978-yilda tuo‘ilgan fuqaroga tegishli sellofan paketda 874 ming AQSh dollari borligi ma’lum bo‘ldi.

Aniqlanishicha, u mazkur pul mablag‘ini deklaratsiyasiz, bojxona nazoratidan yashirib, Qozog‘iston Respublikasiga olib o‘tmoqchi bo‘lgan.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu xorijiy valyutalarni Toshkent shahridagi bozorlarda savdo qiluvchi shaxslardan yig‘ib, mazkur ayolga bergan – poytaxtda istiqomat qiluvchi, 1989-yilda tug‘ilgan fuqaroning Toshkent tumanidagi vaqtincha yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, kelgusida Qozog‘iston Respublikasiga olib o‘tish uchun tayyorlab qo‘yilgan 399 ming 170 AQSh dollari borligi ham aniqlandi.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida jami 1 mln 273 ming 170 AQSh dollari ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,182-moddasining 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring