Kechki yoki sirtqida o‘qiyotgan xodimlar uchun oylik saqlangan ta’til beriladi
Oliy ta’lim muassasalari, texnikum yoki kollejlarda kechki yoki sirtqi ta’limda o‘qiyotgan xodimlarga laboratoriya-imtihon sessiyalarida qatnashish uchun o‘rtacha ish haqi saqlangan holda belgilangan muddatlarda o‘quv ta’tillari beriladi.
Bunda, kechki:
- OTMda kechki ta’limda o‘qiyotgan 1-2-kurs talabalariga – kamida 20 kun;
- texnikum yoki kollejlarda – kamida 10 kun;
- OTM va texnikum yoki kollejlarda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlarga esa – kamida 30 kun.
Sirtqi:
- OTMda kechki ta’limda 3-4-kurslarda yoki undan yuqori kurslarda o‘qiyotganlarga – kamida 30 kun;
- texnikum yoki kollejlarda – kamida 20 kun;
- OTM va texnikum yoki kollejlarda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlarga esa kamida 40 kalendar kun o‘quv ta’tillari hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter