Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari e’lon qilindi

Kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari e’lon qilindi

Foto: «Xabar.uz»

«O‘zgidromet» 20–22-noyabr kunlari respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 21-noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 20 noyabrda ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 21-noyabrda ba’zi joylarda 21-23 metr/sekundgacha yetishi mumkin. Harorat 20-noyabrda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduz 18-23 daraja iliq, 21-noyabrda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduz 18-23 daraja iliq, 22 noyabrda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 20-noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 21-22-noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 20-noyabrda ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ayrim joylarda 21-22-noyabrda ba’zi joylarda 21-23 metr/sekundgacha yetishi mumkin. Harorat 20-noyabrda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq, 21-noyabrda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja iliq, 22-noyabrda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 20-21-noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 22-noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 20 noyabrda ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 22-noyabrda ayrim joylarda 21-23 metr/sekundgacha yetishi mumkin. Harorat 20 noyabrda kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 16-21 daraja iliq, 21-noyabrda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja iliq, 22-noyabrda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduz 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 20-21-noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 22-noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 20-noyabrda ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 21-22 noyabrda ba’zi joylarda 21-23 metr/sekundgacha yetishi mumkin. Harorat 20-noyabrda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduz 20-25 daraja iliq, 21-noyabrda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 23-28 daraja iliq, 22-noyabrda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, 20 noyabrda ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 22 noyabrda ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat 20 noyabrda kechasi 3-8 daraja iliq, kunduz 16-21 daraja iliq, 21 noyabrda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq, 22 noyabrda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, 20-21-noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 22 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 20-noyabrda ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 21-22-noyabrda ba’zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat 20-noyabrda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq, 21-noyabrda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq, 22-noyabrda kechasi va kunduz 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring