Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kinematografiya agentligiga yangi rahbar tayinlandi

Kinematografiya agentligiga yangi rahbar tayinlandi

2017-yildan buyon Kinematografiya agentligi direktori o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan Shuhrat Rizayev agentlik direktori lavozimiga tayinlandi.

U 1958-yil 10-iyulda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston Milliy universitetining filologiya fakultetini tugatgan. Madaniyat va sport ishlari vazirligida, Oybek muzeyida, Prezident devoni va Vazirlar Mahkamasida, Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi faoliyat yuritgan.

2017-yilda Prezident Shavkat Mirziyoyev farmoni asosida «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlangan. 2021 yilda esa «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy unvoniga sazovor bo‘lgan. 

Eslatib o‘tamiz, agentlikning avvalgi rahbari Firdavs Abduxalikov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori etib tayinlangan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring