Kobulda ham O‘zbekiston qurilish materiallari uchun savdo uyi ochiladi

Afg‘oniston poytaxti Kobul shahrida O‘zbekiston qurilish materiallari uchun savdo uyi ochiladi.
Bu haqda O‘zbekiston Savdo sanoat palatasi axborot xizmati ma’lum qildi.
Ushbu savdo uyi 570 kv.m maydonda joylashgan bo‘lib, shourum hamda 500 kv.m maydonda mahsulotlarni saqlash uchun omborxonadan iborat.
Tadbirkorlarga mahsulotlarini qulay shartlar asosida joylashtirish hamda mahalliy kompaniyalar bilan bevosita muzokaralar olib borish imkoniyatlari beriladi.
Eslatib o‘tamiz, Afg‘onistonning Mozori-Sharif shahrida farmatsevtika, elektrotexnika va qurilish materiallari uchun doimiy faoliyat yurituvchi O‘zbekiston savdo uyi tashkil etilgani xabar qilingan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter