Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koreya tomoni O‘zbekistondan yana 6 bosh xizmat itini xarid qildi

Koreya tomoni O‘zbekistondan yana 6 bosh xizmat itini xarid qildi

Joriy yilning iyun oyida imzolangan shartnomaga ko‘ra, koreyalik mutaxassislar O‘zbekistondagi Milliy kinologiya markazidan yana 6 bosh xizmat itlarini xarid qildi.

Mazkur shartnoma doirasida Toshkent xalqaro aeroporti orqali 6 bosh xizmat itlari tegishli veterinariya diagnostika va ko‘riklardan muvaffaqiyatli o‘tkazilib, xalqaro tashish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni rasmiylashtirgan holda Koreyaga jo‘natib yuborildi.

Xabarda aytilishicha, Jessi, Bella, Farona, Rada, Fayz, Fariz laqabli xizmat itlarini koreyalik bojxonachilar qabul qilib olishgan. Ular iqlimga moslashish jarayonlari yakuniga yetgach, xizmatga safarbar qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq koreyalik mutaxassislar O‘zbekistondan 3 bosh xizmat itlarini eksport qilgan edi. 

Bojxona qo‘mitasi xabariga ko‘ra, hozirga qadar Milliy kinologiya markazida yetishtirilib, giyohvandlikka qarshi kurashish yo‘nalishida tayyorlangan va Koreyaga yuborilgan xizmat itlari soni 12 taga yetgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring