Kuala-Lumpurdan Toshkentga yangi muntazam reys qo‘yiladi
Indoneziyaning «Batik Air» aviakompaniyasi Kuala-Lumpur va Toshkent o‘rtasida muntazam aviaqatnovni yo‘lga qo‘ymoqda. Ilk parvoz 2023 yil 15-dekabrga rejalashtirilgan.
Parvozlar Airbus A330 samolyotlarida haftada bir marta – juma kunlari amalga oshiriladi.
«Batik Air» – bosh qarorgohi Jakartada joylashgan Indoneziya aviakompaniyasi bo‘lib, Indoneziya ichida muntazam yo‘lovchi reyslarini amalga oshiradi hamda «Lion Air» (loukoster) arzon aviakompaniyasining shu’ba korxonasi hisoblanadi.
Aviakompaniya vakillari kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv davomida mintaqada yo‘nalishlar tarmog‘ini rivojlantirish va parvozlar sonini ko‘paytirish niyatini bildirdi. Boshqaruv kompaniyasi aviatashuvchini qo‘llab-quvvatlashda davom etishga tayyorligini ma’lum qildi.
Bugungi kunda «Uzbekistan Airways», «IndiGo Airlines», «Emirates» aviakompaniyadari Kuala-Lumpur va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarni amalga oshirib keladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter