Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mahalla idorasida mahalla futbol yetakchisi lavozimi joriy qilinadi – loyiha

Mahalla idorasida mahalla futbol yetakchisi lavozimi joriy qilinadi – loyiha

Futbolni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islothotlarni eng quyi tizimgacha tushirish hamda mahallardan boshlab iqtidorli yoshlarni seleksiya qilish tizimini yaratish maqsadida Mahalla fuqarolar yig‘inida jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi raisning yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi negizida jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi mahalla futbol yetakchisi lavozimi joriy etiladi.

Bu borada ishlab chiqilgan Prezident qarori loyihasiga ko‘ra, quyidagilar futbol yetakchilarining asosiy vazifalari etib belgilanmoqda:

  • mahalla yoshlarini ommaviy va professional futbolga qiziqtirish, shuningdek bu borada turli targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish;
  • mahallalarda mavjud bo‘lgan futbol bo‘yicha sport inshootlari hamda boshqa sport maydonchalaridan tizimli va samarali foydalanilishini tashkil etish;
  • mahallada futbol bo‘yicha erkaklar va ayollarning turli yosh toifalari kesimidagi «mahalla terma jamoa»larini shakllantirish hamda ularni tayyorlash;
  • mahalla yoshlarining futbol bilan shug‘ullanishi uchun yetarli shart-sharoitlar yaratilganligini tahlil qilib borish hamda futbolni rivojlantirish bo‘yicha sport ta’lim tashkilotlari va mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikni tizimli yo‘lga qo‘yish;
  • mahallalardagi yosh iqtidorli futbolchi yoshlarni aniqlash hamda ularni professional futbol ta’lim muassasalariga tayyorlab borish;
  • mahallalarda futbol infratuzilmasini rivojlantirish, sport inventarlari bilan ta’minlash va «mahalla terma jamoa»lariga qo‘shimcha shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha mahalliy hokimliklarga takliflar kiritish.

Belgilanishicha, futbol yetakchisi tuman (shahar) sport maktabi direktorining futbolni rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari bilan kelishilgan holda mahalla fuqarolar yig‘ini kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

Futbol yetakchisi lavozimiga futbol sohasida yetarli tajribaga ega bo‘lgan va shaxsiy fazilatlari bilan mahallada namuna ko‘rsatgan nomzodlar tayinlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring