Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mahalladagi «beshtalik» ijtimoiy profilaktika tizimini takomillashtiradi – loyiha

Mahalladagi «beshtalik» ijtimoiy profilaktika tizimini takomillashtiradi – loyiha

Hukumatning tegishli qarori loyihasi bilan qator vazirlik va idoralarning mahalla raisi, profilaktika (katta) inspektori, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va xotin-qizlar faoliga mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlash borasida huquqbuzarlik sodir etish va huquqbuzarlikdan jabrlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy profilaktika choralarini qo‘llash vakolatini berish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullanishi mumkin.

Qayd etilishicha, ayni paytda jamoat xavfsizligi sohasini raqamlashtirishda inson omilini minimallashtirish maqsadida ichki ishlar organlari tomonidan ijtimoiy profilaktika tizimini nazarda tutuvchi «E-ijtimoiy profilaktika» axborot tizimi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Hukumat qarori loyihasida «Obod va xavfsiz mahalla» tamoyili asosida mahallalarda ijtimoiy profilaktika tizimini takomillashtirish orqali xavfsiz muhitni yaratish bo‘yicha qator chora-tadbirlar belgilanmoqda.

Jumladan, aholini har qanday tahdidlardan kafolatli himoya qilish hamda oilada ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishga qaratilgan
«Obod va xavfsiz mahalla» tamoyili asosida mahallalarda ijtimoiy profilaktikani amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi.

«Obod va xavfsiz mahalla» tamoyili asosida mahallalarda ijtimoiy profilaktikani amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish maqsadida ichki ishlar organi tayanch punkti (huquq-tartibot maskani) profilaktika (katta) inspektori, mahalla raisi, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi, mahalladagi xotin-qizlar faoli
va mahalladagi yoshlar yetakchisining huquqbuzarlik sodir etish
va huquqbuzarlikdan jabrlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy profilaktika choralarini qo‘llash bo‘yicha kunlik yakka tartibda manzilli ishlash tartibini joriy etadilar.

Shuningdek, ijtimoiy xodim, soliq inspektori, bandlik xodimi, inspektor-psixolog, tibbiyot xodimi, imom-xatib va otinoyi, maktab direktori hamda maktab psixologlari tomonidan ijtimoiy profilaktika chora-tadbirlarini o‘tkazilishida ijtimoiy profilaktikani amalga oshiruvchi sub’yektlarga ko‘maklashishi belgilanadi.

Huquqbuzarlik sodir etish va huquqbuzarlikdan jabrlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan shaxslar ajratib olinib, ular bilan ijtimoiy profilaktika chora-tadbirlarini amalga oshirishda mahalla miqyosida profilaktika inspektori tomonidan mahalla raisining umumiy boshqaruvi ostida amalga oshiriladigan hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisining faoliyatini tashkil etish tartibi amaliyotga tatbiq etiladi.

Ushbu faoliyatni zamonaviy axborot-texnologiyalarini qo‘llagan holda «E-ijtimoiy profilaktika» axborot tizimi orqali amalga oshirish nazarda tutilmoqda.

Ta’kidlanishicha, ushbu loyihaning qabul qilinishi kelgusida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga, huquqbuzarlik sodir etish va huquqbuzarlikdan jabrlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy-maishiy muammolarini manzilli hal etish, ularga huquqiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy, pedagogik, iqtisodiy va boshqa turdagi yordam ko‘rsatishga huquqiy asos yaratadi.

Shu bilan birga, ushbu loyiha aholini «xonadonbay» va «fuqarobay» asosida o‘rganish orqali profilaktika inspektori, mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisining faoliyatini muvofiqlashtirgan holda kundalik va manzilli amalga oshirishga xizmat qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring