Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maishiy zo‘ravonlik qurbonlari ham ishga joylashishda «ehtiyojmand toifalar» qatoriga kiritilyapti

Maishiy zo‘ravonlik qurbonlari ham ishga joylashishda «ehtiyojmand toifalar» qatoriga kiritilyapti

Bugun, 21-may kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi yig‘ilishda «Aholi bandligi to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritishga doir qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Qonun loyihasi bilan sohadagi munosabatlarni tartibga soluvchi to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qiluvchi normalar nazarda tutilmoqda. Xususan, «Aholi bandligi to‘g‘risida»gi qonunning 38-moddasiga ish o‘rinlari zaxiraga qo‘yiladigan ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslar toifalariga oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik natijasida jabrlanganlar ham kiritilmoqda.

Deputatlar mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirish bo‘yicha qo‘shimcha kafolatlarni ta’minlashga, shuningdek qonunchilik hujjatlarini qo‘llash amaliyotidagi tafovutlarning oldini olishga xizmat qilishini ta’kidladilar.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring