Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida «Vazirga murojaat»  portali ishga tushirildi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida «Vazirga murojaat»  portali ishga tushirildi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida «Vazirga murojaat» portali ishga tushirildi. Unga o‘qituvchilar, tarbiyachilar va ota-onalar murojaat yuborishlari mumkin, deya xabar berdi vazir Hilola Umarova.

O‘qituvchilar, tarbiyachilar va ota-onalarning murojaatlarini qabul qiluvchi yangi platforma vazir.uzedu.uz ishga tushirildi.

– Portalga quyidagi murojaatlarni yo‘llash mumkin:ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha takliflar;

– korrupsiya holatlari yuzasidan asoslangan faktlar;

– tashabbuslar, loyihalar, fikr va mulohazalar.portaliga yo‘llashingiz mumkin.

«Mazkur taklif, tashabbus, mulohazalar shaxsan o‘zimning nazoratimda bo‘lib, vazirlik mutaxassislari tomonidan o‘rganiladi. Ular asosida muammolar hal etilib, yangi loyihalar joriy qilinadi», – deydi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Umarova.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring