Manfaatlar to‘qnashuvi haqida xabar berganlarga mukofot puli ajratiladi
Davlat organlari va tashkilotlari xodimlari faoliyatida manfaatlar to‘qnashuvi holatlari bo‘yicha tegishli dalillarni ilova qilgan holda ularni aniqlashda faol ishtirok etgan shaxslarga undirilgan jarimaning 50 foizi miqdorida mukofot puli beriladi.
Ushbu tartib kecha, 5-iyun kuni qabul qilingan «Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida»gi Qonuni ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarorida belgilab qo‘yildi.
Qarorga ko‘ra, 1-oktyabrga qadar manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi xabarnoma va ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyaning namunaviy shakllari tasdiqlanadi.
Shuningdek, «Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida»gi Qonuni (Qonun) bilan o‘rnatilgan talablar va mexanizmlarni davlat organlari va tashkilotlarida samarali joriy etish, bu jarayonda xodimlarning huquq va manfaatlari himoyasini ta’minlash hamda ular uchun zarur tushuntirish ishlarini olib borish davlat organlari va tashkilotlarining birinchi rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.
Qonun ijrosini tashkil etish ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi tarkibi tasdiqlandi.
Bosh vazir rahbarligida Respublika idoralararo komissiyasi:
- 1-iyulga qadar Qonun tatbiq etiladigan davlat organlari va tashkilotlarining aniq ro‘yxatini shakllantiradi;
- Qonun kuchga kirgunga qadar ish guruhlar tuzgan holda davlat organlari va tashkilotlarida o‘rganishlar tashkil etadi;
- Qonun kuchga kirgandan keyin har chorakda davlat organlari va tashkilotlarda qonunbuzilish holatlarini tahlil qilib boradi;
- har yarim yilda davlat organlarining birinchi rahbarlari ishtirokida Qonun ijrosini tanqidiy muhokama qilib boradi.
- Komissiya 2024-yil 1-iyulgacha Qonun tatbiq etiladigan davlat organlari va tashkilotlarining aniq ro‘yxatini shakllantiradi.
Qonun bilan o‘rnatilgan tartiblarni samarali joriy etish davlat organlarining birinchi rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter