Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi
Markaziy bank Boshqaruvining bugun, 14-sentyabrdagi navbatdagi yig‘ilishida asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
«Markaziy bank asosiy stavkasining o‘zgarishsiz qolishi va uning pul bozoriga transmissiyasi, qisqa muddatli likvidlik narxining real hisobda 3-4 foizlik ijobiy darajada shakllanishiga va shu orqali «nisbatan qat’iy» pul-kredit sharoitlarini ta’minlashga xizmat qilmoqda», – deya izohlanadi MBning mazkur qaror yuzasidan e’lon qilgan Press-relizida.
Ma’lumot uchun, Markaziy bank Boshqaruvining asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha navbatdagi yig‘ilishi 2023-yil 26-oktyabrga belgilangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter