Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mavsum boshlandi: farg‘onalikning xonadonida 400 mln so‘mlik «paqildoq» topildi

Mavsum boshlandi: farg‘onalikning xonadonida 400 mln so‘mlik «paqildoq» topildi

Farg‘ona viloyati DXX va Milliy gvardiya xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda xonadonida pirotexnika vositalarini texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilmagan holda saqlab kelayotgan xonadon aniqlandi.

Xolislar ishtirokida bo‘lib o‘tgan tadbirda xonadon hovlisida saqlanayotgan 2 turdagi jami 5 mingdan ziyod pirotexnika vositalari tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

Qayd etilishicha, ushbu mahsulotlar xorijda ishlab chiqarilgan va tegishli hujjatlarga ega bo‘lmagan. Ularning dastlabki qiymati 407 million so‘mga baholanmoqda.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring