Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mehnat muxojirlari O‘zbekistonga 9 oyda 11,3 mlrd dollar pul jo‘natgan

Mehnat muxojirlari O‘zbekistonga 9 oyda 11,3 mlrd dollar pul jo‘natgan

O‘zbekistonga 9 oyda xorij davlatlaridan pul o‘tkazmalari miqdori o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 34,8 foizga, ya’ni  11,3 mlrd dollargacha oshgan.

Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratovning ta’kidlashicha, transchegaraviy pul o‘tkazmalarining o‘tgan yilga nisbatan yuqori sur’atlarda o‘sishi aholi daromadlarining oshishiga hissa qo‘shmoqda.

Transchegaraviy pul o‘tkazmalarining eng yuqori ko‘rsatkichlarda o‘sishi Polsha, Janubiy Koreya, BAA va Buyuk Britaniya davlatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Jumladan:

  • Rossiyadan – 8,75 mlrd dollar (35 foiz o‘sish)
  • Qozog‘istondan – 625 mln dollar
  • Janubiy Koreyadan – 420 mln dollar (76 foiz o‘sish)
  • AQShdan – 415 mln dollar
  • Turkiyadan – 291 mln dollar Buyuk Britaniyadan – 93 mln dollar (65 foiz o‘sish)
  • Polshadan – 48  mln dollar (97 foiz o‘sish) miqdorida pul o‘tkazmalari amalga oshirilgan.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring